Bugun "MYu" himoyachisi Frantsiya klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 118

Kot-d’Ivuarlik himoyachi Erik Bayi "Manchester Yunayted"dan Frantsiyaning “Marsel” klubiga o'tish arafasida turibdi.
Insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarida xabar berishicha, bugun afrikalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng u "Marsel" klubi bilan shartnoma tuzadi.
Oldinroq “Marsel” Bayini bir mavsumga ijaraga olayotgani va keyinchalik 10 million evroga sotib olish huquqini o'zida saqlab qolishi xabar qilingandi.
O'tgan mavsumda afrikalik himoyachi "qizil iblislar" safida ettita o'yinda qatnashib, bitta sariq kartochka oldi.

Bosh sahifaga
223