"Milan" va "Roma" frantsiyalik futbolchi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

"Verona" yarim himoyachisi Adrien Tamez yozda Italiyaning boshqa klubiga o'tishi mumkin.
Foot Mercato nashri xabariga ko'ra, 28 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga "Roma" va "Milan" klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining "Verona" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, 2019 yilning yozida Moskvaning "Spartak" klubi o'sha paytda "Nitstsa"da o'ynagan Tamezga qiziqish bildirgandi, ammo muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgandi. Bir yil o'tib futbolchi "Verona"ga ko'chib o'tgandi.
Tamez joriy mavsumda barcha musobaqalarda 3 ta o'yinda maydonga tushdi.

Bosh sahifaga
220