"PSJ" futbolchisi APL klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Londonning "Fulxem" klubi Leyvin Kurzavaning transferi borasida "PSJ" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, uning agenti 29 yoshli frantsiyalik futbolchining londonliklar bilan shaxsiy shartnomasi shartlarini kelishib olgan. Endi klublar o'zaro kelishib olishlari kerak.
Iyul oyida Leyvin yangi bosh murabbiy Kristof Galte jamoa bilan xayrlashishi kerak bo'lgan 11 nafar parijlik futbolchilar ro'yxatiga kiritilgani xabar qilingandi. Keyinroq Kurzava xizmatlariga "Everton" va "Lids" klublari qiziqish bildirayotgani ham xabar qilingandi.

Bosh sahifaga
219