"Valensiya" yana "Tottenxem" futbolchisini ijaraga olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Ispaniyaning "Valensiya" klubi "Tottenxem" yarim himoyachisi Brayan Xilni ijaraga olishga juda yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xil sotib olish huquqisiz “Valensiya”ga ijaraga o'tadi. Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi "Tottenxem"ga o'tgan yilning yozida "Sevilya"dan ko'chib o'tgandi, ammo Londonda kerakli o'yin amaliyotiga ega bo'lmagandi.
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Xil "Valensiya"da ijara asosida o'ynagan edi. 21 yoshli yarim himoyachi Ispaniya chempionatida “ko'rshapalaklar” safida o'tkazilgan 13 uchrashuvda bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
194