Moskva viloyati klubi Oston O'runov bilan shartnoma imzolashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Moskva viloyatining “Ximki” jamoasi “Spartak” klubi yarim himoyachisi, hamyurtimiz Oston O'runov bilan shartnoma imzolashga tayyor. Bu haqda klub Kuzatuv kengashi a'zosi Roman Teryushkov "RB Sport" muxbiri bilan suhbatda aytib o'tdi.
"Agar "Spartak" O'runov bilan shartnomani bekor qilsa, biz muzokaralarga tayyormiz. Oston bir paytlar bizning kengaytirilgan ro'yxatimizda edi", - dedi Moskva viloyati klubi vakili.
Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik yarim himoyachi va “qizil-oqlar” o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Oston 2020 yildan buyon “xalq jamoasi”da o'ynab kelmoqda. O'shandan beri yarim himoyachi to'qqizta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urgan.

Bosh sahifaga
241