APL klubi hujumchisi Chempionshipga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Football Insider xabariga ko'ra, "Midlsbro" "Fulxem" hujumchisi Rodrigo Munisni ijaraga olmoqda. 21 yoshli braziliyalik futbolchi tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi.
APLning dastlabki ikki uchrashuvida hujumchi zaxirada qoldi. Klub rahbariyati futbolchining muntazam o'yin vaqtiga ega bo'lishi uchun uning transferini qo'llab-quvvatlamoqda.
Munis faoliyatini Braziliya chempionatida boshlab, “Flamengo”, “Kuritiba” klublarida o'ynagan. Hujumchi o'tgan yozda "Fulxem" klubiga o'tgan edi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadi.
Munis o'tgan mavsumda "Fulxem" tarkibida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Transfermarkt portali hujumchining narxini 5 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
240