"Chelsi" yangi xaridlar uchun yana 180 million evro tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

Londonning "Chelsi" klubi transfer bozori yopilgunga qadar juda band bo'ladi. The Telegraph nashri xabariga ko'ra, "ko'klar" o'z tarkibini kuchaytirish uchun 180 million evro sarflashni rejalashtirmoqda.
Asosiy maqsad "Lester" himoyachisi Uesli Fofana bo'lib, uning narxi 85-90 million evroga baholanmoqda. Shuningdek, klub "Barselona" klubidan Per-Emerik Obameyang va Frenki de Yonglarni hamda "Everton" jamoasidan Antoni Gordonni ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, shu kungacha "Chelsi" Raxim Sterling, Kalidu Kulibali va Mark Kukurelyalar bilan shartnoma imzolagan.

Bosh sahifaga
231