Rasman! Rossiya klubi yana bir hamyurtimiz bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Qozonning “Rubin” klubi Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev bilan uch yarim yillik shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi. Futbolchi shu yilning qishida qozonliklar safiga erkin agent sifatida borib qo'shiladi.
Qiziqarli tomoni shundaki, Umarali Rahmonaliev bugun - 18 avgust kuni 19 yoshga to'ldi.
Umarali Rahmonaliev 2003 yilning 18 avgustda tug'ilgan. Markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida to'p suradi. U Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi safida 21ta o'yin o'tkazib, 7ta gol urgan.


Bosh sahifaga
233