Dibala APL klubi bilan kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6363

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettiradi.
Bu haqda transferlar bo'yicha ekspert angliyalik Yan MakGerri xabar tarqatdi.
Uning aytishicha, mankunianliklar argentinalik futbolchining shu yozda «Old Trafford»ga ko'chib o'tishi borasida kelishuvga erishishgan. Transfer narxi 100 million evroga teng, bu Dibalaning shartnomasida ko'rsatilgan tovon pulidir.

Bosh sahifaga
215