Kutilmagan burilish! Mourino Balotellini "Roma"ga chorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

Turkiyaning "Adana Demirspor" hujumchisi Mario Balotelli faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Alfredo Pedulla.
Manba bergan xabarga ko'ra, rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino 32 yoshli Balotelli bilan ehtimoliy transfer borasida allaqachon gaplashib olgan. Eslatib o'tamiz, portugaliyalik mutaxassis bungacha hujumchi bilan Milanning “Inter” klubida ishlagan.
Italiyalik futbolchining turk klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisini 2,8 million evroga baholamoqda.
Balotelli o'tgan mavsumda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.

Bosh sahifaga
243