Xavi Obameyangning transferini taqiqlab qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati “Barselona” sharafini himoya qilayotgan gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyangning transferi borasidagi muzokaralarda ortga chekinmayapti.
Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, “ko'klar” ushbu transfer borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Bugun, 18 avgust kuni londonliklar hujumchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilish niyatida.
Shu bilan birga, "Barselona" ustozi Xavi Obameyangning sotilishiga qarshi. Mutaxassis yangi mavsumda afrikalik yordamiga umid qilmoqda.
Per-Emerik Obameyangning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Bosh sahifaga
247