"PSJ" futbolchisi London klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"PSJ" himoyachisi Tilo Kerer "Vest Xem" klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, klublar o'rtasidagi kelishuv ham yakunlanish arafasida.
25 yoshli germaniyalik futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali Germaniya terma jamoasi futbolchisini 22 million evroga baholamoqda.
Kerer o'tgan mavsumda "PSJ" safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Bosh sahifaga
275