"Atletiko" Kunyaning transferi borasida "MYu"ga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Madridning “Atletiko” klubi “Manchester Yunayted”ga 50 million evro taklif qilingan hujumchi Mateus Kunyaning transferi bo'yicha javob qaytardi. Caught Offside nashrining xabar berishicha, bu summa transferni yakunlash uchun etarli bo'lmaydi.
Klub ushbu transfer oynasida braziliyalik bilan xayrlashmoqchi emas. Futbolchining o'zi ham ketishni istamayapti, chunki u allaqachon Madridda yaxshi joylashib olgan.
Eslatib o'tamiz, Kunya o'tgan yozda "Gerta"dan "Atletiko"ga o'tgan edi. Braziliyalik hujumchi Ispaniya chempionatida so'nggi 29 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
285