Arnautovichga endi "Yuventus" qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

Avstriya terma jamoasi hujumchisi, Italiyaning “Bolonya” klubida to'p surayotgan Marko Arnautovichga A Seriyaning grand klublaridan biri qiziqish bildirmoqda.
Insayder Nikolo Skiraning tarqatgan ma'lumotlariga ko'ra, 33 yoshli hujumchining yangi jamoasi "Yuventus" klubi bo'lishi mumkin. "Keksa sinora" agar Moyze Kin jamoani tark etsa, uning o'rniga Arnautovichni olib kelmoqchi.
Avvalroq, “Manchester Yunayted” avstriyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun da'vogar hisoblangandi, biroq kelishuv amalga oshmay qolgandi.

Bosh sahifaga
224