"Manchester Siti" "Barselona" tarbiyalanuvchisini Zinchenkoning o'rniga olib keladigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

"Anderlext"ning chap qanot himoyachisi Serxio Gomes "Manchester Siti"ga o'tadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Bir kun avval Gomes "Manchester Siti" klubiga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tgandi. Yaqin orada Serxio “shaharliklar” bilan shartnoma imzolaydi. "Anderlext" o'z futbolchisini sotishdan 15 million evro ishlab oladi.
2021/2022 yilgi mavsumda Serxio Gomes Belgiya chempionatida 39 ta o'yin o'tkazdi. Uning hisobida 6 ta gol va 11 ta golli uzatma bor.

Bosh sahifaga
214