"Liverpul" bu yilgi yozda Nunesni sotib olmasligini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

Lissabonning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Mateus Nunes yozgi transfer oynasi tugaguniga qadar "Liverpul"ga o'tmaydi. Bu haqda jurnalist Pol Joys ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
Yarim himoyadagi kadrlar bilan bog'liq muammolarga qaramay, "Liverpul" rahbariyati yozda boshqa qimmat transferni amalga oshirmaydi. Eslatib o'tamiz, avvalroq "Fulxem"ga qarshi o'yinda jarohat olgan Tiago Alkantara safdan chiqqandi.
Nunesga ko'plab ingliz klublari qiziqish bildirgan, biroq ularning hech biri hali "Sporting" klubining moliyaviy talablariga javob bera olmadi.
Avvalroq, "Liverpul" Portugaliya chempionatidan Darvin Nunesni sotib olgandi.

Bosh sahifaga
208