Arnautovichni qo'lga kirita olmagan "MYu" e'tiborini Chempionshipdagi hujumchiga qaratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Chempionship vakili sanalgan “Uotford” klubida to'p surayotgan senegallik hujumchi Ismoil Sarr faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Insayder Grem Beylining so'zlariga ko'ra, 24 yoshli futbolchiga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. “Qizil iblislar” Sarrni transferi muvaffaqiyatsizlikka uchragan avstriyalik Marko Arnautovichga muqobil sifatida ko'rib chiqmoqda.
Hujumchining transfer narxi 27 million evroga baholanmoqda. Futbolchining "Uotford" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Sarr o'tgan mavsumda Angliya chempionatida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
180