«Chelsi»ning sobiq himoyachisi Kurt Zuma faoliyatini Ruminiyada davom ettiradi.

Frantsiyalik 30 yoshli futbolchi «ChFR Kluj» klubi bilan bitim imzoladi. Kelishuv tafsilotlari oshkor qilinmagan.

Zumaning vakillari mijozini «Spartak» klubiga ham taklif qilishgan edi.

Futbolchi o'tgan mavsumda Caudiyaning «Al-Oruba» klubida to'p tepib, 19ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urgan.