Zlatan o'z kumiri kim bo'lganini aytdi

Shvetsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Niderlandiya terma jamoasining sobiq forvardi Marko van Bastenni o'zining kumiri deb atadi.
«Milan»ning sobiq futbolchilaridan kimga havas qilganman? Bu — Marko van Basten. «Ayaks»ga kelganimda meni Marko bilan solishtirishgan, chunki u ham amsterdamliklar safida o'ynagan. Van Basten — bu haqiqiy afsona.
Van Basten, Gullit va Raykard «Milan» tarixiga kirishgan. Van Bastenning faoliyati qisqa bo'ldi, ammo uning o'yini jahon futboli tarixida abadiy qoladi», — dedi Ibrahimovich «CBS» telekanaliga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, Marko van Basten jarohatlar tufayli futbolchilik faoliyatini 28 yoshida yakunlashga majbur bo'lgan edi.