«Barselona», «Milan» va «PSJ» klublarining sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich 2026 yilgi Jahon chempionatida qaysi terma jamoa zafar quchishi haqidagi savolga javob berdi.

«Frantsiya — Jahon chempionatida g'olib chiqish uchun asosiy favorit. Men ularni mag'lub eta oladigan terma jamoalarni deyarli ko'rmayapman. Frantsuzlar butunlay boshqa darajada futbol o'ynashmoqda», — dedi Ibrahimovich.

Eslatib o'tamiz, Frantsiya milliy terma jamoasi o'z guruhida 9 ochkodan 9 ochko to'plab, 1-o'rinni egalladi. Musobaqaning 1/16 finalida «uchranglilar» aynan Zlatanning vatani — Shvetsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Manba: Stadion.uz