Joshua Zirkzee "Manchester Yunayted" safida deyarli bir yil ichida ilk bor gol urdi.

Mankunianliklar APL 13-turida "Kristal Pelas" mehmoni bo'ldi. 24 yoshli hujumchi 54-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni tenglashtirdi.

Bu gol niderlandiyalik futbolchi uchun 2024 yil 1 dekabrdan beri birinchi gol bo'ldi.