Zirkzee «Manchester Yunayted»ni tark etib, A Seriyaga qaytishi mumkin

«Manchester Yunayted» Djoshua Zirkzeeni 2024 yilning yozida o'z safiga qo'shib olgan edi. Hujumchi jamoaga «Bolonya»dan o'tgan. Transfermarkt transfer qiymatini 42,5 mln evroga baholamoqda.
Zirkzee «MYu» safida jami 69 ta uchrashuv o'tkazdi. Ushbu bahslarda hujumchi 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Djoshua Zirkzee yozda Angliyani tark etishi mumkin. Futbolchi «Manchester Yunayted»dan ketish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, unga A Seriya klublari qiziqish bildirishmoqda.