Frantsiya milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Zinedin Zidan Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF) bilan bosh murabbiy sifatida ishlash bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda Le Parisien nashri xabar berdi.

FFF rahbari Filipp Diallo Frantsiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi kim ekanini bilishini aytdi, biroq mutaxassis nomini ochiqlamadi. Uning ta'kidlashicha, ushbu lavozimga besh nafar frantsuz murabbiy nomzod sifatida ko'rib chiqilgan.

Zidan «Real» bosh murabbiyi sifatida ikki karra Ispaniya chempioni bo'lgan, ikki marta Superkubokni qo'lga kiritgan hamda uch bor Chempionlar ligasida g'alaba qozongan.

2026 yilgi jahon chempionatida Frantsiya terma jamoasi Senegal, Norvegiya va keyinchalik aniqlanadigan yana bir jamoa bilan bir guruhdan joy olgan.

Manba: championat.com