Zinchenko: "Meni bunday samimiy qabul qilishganlari uchun juda minnatdorman"

"Nottingem Forest"ning ukrainalik yangi futbolchisi Aleksandr Zinchenko klubga kelganidan keyin ilk intervyusini berdi.
"Men o'zimni ajoyib his qilyapman. Katta rahmat. Meni bunday samimiy qabul qilishganlari uchun juda minnatdorman - atrofda juda ko'p ajoyib odamlar bor. Men bu erda ekanligimdan juda xursandman", – dedi futbolchi.