Ziko JChning 1/16 finali haqida: «Agar Braziliya yutqazsa, xafa bo'lmayman»

Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Ziko milliy jamoaning jahon chempionati 1/16 finali doirasida Yaponiyaga qarshi bo'lib o'tadigan bo'lajak o'yini haqida fikr bildirdi.
Ziko 1991 yildan 1994 yilgacha Yaponiyada to'p surgan, 2002 yildan 2006 yilgacha esa ushbu mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u o'zi o'ynagan «Kasima Antlers» klubida ham turli lavozimlarda ishlagan.
«Albatta, men Braziliyaga muxlislik qilaman. Braziliyaga qarshi o'yinda Yaponiya terma jamoasini boshqarishdan ham qiyinroq narsa bormi? Men bunday vaziyatga ikki marta duch kelganman.
Agar Braziliya g'alaba qozonsa, bu juda ajoyib bo'ladi, chunki men braziliyalikman. Ammo ular mag'lubiyatga uchrashsa ham xafa bo'lmayman, chunki yapon futbolida mening ham kichik bir bo'lagim bor», — dedi Ziko.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar