Ziko Anchelottini Endrikni maydonga tushirishga chaqirdi

Braziliya terma jamoasi afsonasi Ziko «selesao» hujumchisi Endrik haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Futbolchi braziliyaliklarning JCh-2026 doirasida Marokash terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan ilk o'yinida (1:1) maydonga tushmadi.
«Jiddiy sinovlar yaqinlashganda, Braziliya terma jamoasida xuddi Endrik kabi fazilatlarga va xarakterga ega bo'lgan biror bir futbolchini ko'rmayapman. Endrik uchrashuv taqdirini o'zgartirib yuborishga qodir», — dedi Ziko.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionatidagi ikkinchi o'yinida Braziliya terma jamoasi Gaiti bilan to'qnash keladi. Uchrashuv 20 iyun kuni bo'lib o'tadi.