Ziesh o'ziga yangi jamoa topdi

Marokashlik 32 yoshli futbolchi Hakim Ziesh 5 oydan buyon jamoasiz yurganidan so'ng o'ziga yangi klub topdi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, tajribali futbolchi erkin agent sifatida "Vidad Kasablanka" safiga o'tadi.
Tomonlar allaqachon hamkorlik shartnomasini imzolagan va tez orada uni rasmiy e'lon qilinishi kutilmoqda.
Hakimning so'nggi klubi Qatarning "Al-Duhail" klubi edi: Ziesh olti oy ichida 13 ta o'yinda maydonga tushdi (1 gol + 1 assist) va shartnomani muddatidan oldin bekor qildi.
Ziesh muxlislarga "Ayaks" va "Chelsi"dagi o'yinlari orqali ma'lum.