Zidanning o'g'li Jazoir terma jamoasida o'ynaydi

"Granada" darvozaboni Luka Zidan Jazoir terma jamoasidan kelgan taklifni qabul qildi, deya xabar bermoqda RMC Sport.
Frantsiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Zinedin Zidanning 27 yoshli o'g'li bungacha Frantsiya yoshlar terma jamoalarida o'ynagan. Uning hisobida xalqaro miqyosda 30 ta o'yin bor, shuningdek, 2015 yilda 17 yoshdan oshmagan futbolchilar o'rtasidagi Evropa chempionatida g'olib chiqqan.
Zinedin Zidanning "Betis"da himoyachi sifatida o'ynayotgan yana bir o'g'li Elyas Frantsiya terma jamoasidan 20 yoshdan oshmagan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatiga chaqiruv oldi.