Zidan: "Yuventus" yana ajoyib darajaga ega bo'ladi!"

Jahon futboli afsonasi va "Real Madrid"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Turinning "Yuventus" klubi haqidagi fikri bilan o'rtoqlashdi.
"Bu klub mening yuragimda abadiy qoladi.
"Yuventus" yana ajoyib darajaga ega bo'ladi! Bunga ishonaman. Frantsiyada agar g'alaba qozona olmasangiz, hech qanday reaktsiya bo'lmaydi. A Seriyada esa buning aksi bo'ldi", - dedi Zinedin.