"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan tez orada ishga qaytmoqchi.

Zinedin Tulonda do'sti tomonidan tashkil etilgan xayriya o'yiniga tashrif buyurdi, lekin o'zi unda ishtirok etmadi.

- Maydonga tushishni istardim, lekin yosharmayapmiz. Biz keksayib boryapmiz va afsuski, vaqti-vaqti bilan jarohat olamiz. Shunday ekan, men hozircha murabbiy bo'lib turaman.

- Sizni yana qachon maydonda ko'ramiz?

- Tez orada, deb umid qilaman.

- Murabbiylikladchi?

- Yaqinda, - dedi Zidan.

Frantsuz 2021 yildan beri - "Madrid"dan ketganidan keyin bosh murabbiy sifatida ishlamayapti. 53 yoshli mutaxassis Dide Desham ketgach, JCh-2026dan keyin Frantsiya terma jamoasi murabbiyligiga asosiy nomzod hisoblanadi.