Zidan qachondan Frantsiya terma jamoasida ish boshlashi ma'lum bo'ldi

Manbalarning xabar berishicha, 54 yoshli frantsiyalik murabbiy Zinedin Zidan 1 sentyabrdan Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. Mutaxassisning tayinlangani haqida hali rasman e'lon qilinmagan.
Zidan bungacha terma jamoalar bilan ishlamagan. U 2016-2018 hamda 2019-2021 yillarda Madridning «Real» klubini boshqargan. Frantsuz murabbiy «qaymoqranglilar» bilan ikki marta Ispaniya chempionatida va uch marta Chempionlar ligasida zafar quchgan.
Desham 2016 yildan buyon Frantsiya terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi. Mutaxassis frantsiyaliklarni Jahon chempionati va Millatlar ligasida g'alabaga etaklagan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar