Frantsiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa etakchisi Kilian Mbappe bilan birinchi suhbati qachon bo'lib o'tishini ma'lum qildi.

“Biz Kilian bilan hali gaplashmadik. Hozir uning uchun eng muhimi Jahon chempionatidan keyin tiklanib olish. Biz bu haqda u va barcha futbolchilar bilan juda tez orada — sentyabrda gaplashib olish imkoniyatiga ega bo'lamiz”, — deya Zidanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Frantsiya futbol federatsiyasi rasmiy veb-saytida.

28-iyul, seshanba kuni Frantsiya futbol federatsiyasi (FFF) 54 yoshli murabbiy bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Shartnoma 2030-yilgi Jahon chempionati oxirigacha amal qiladi.

Mbappe Frantsiya terma jamoasi safida barcha musobaqalarda 106 ta o'yinda maydonga tushib, 66 ta gol urgan. U AQSh, Kanada va Mektsikada o'tkazilgan 2026-yilgi Jahon chempionatida 10 ta gol bilan eng yaxshi to'purar bo'ldi.

Manba: Stadion.uz