Zidan Jazoir terma jamoasiga chaqirildi

Lyuka Zidan Jazoir terma jamoasiga chaqiruv oldi.
27 yoshli darvozabon sport fuqaroligini o'zgartirganidan keyin ilk bor Jazoir terma jamoasi tarkibiga kiritildi. Oktyabr oyida Jazoir JCh-2026 saralashida Somali va Uganda bilan o'ynaydi.
Lyuka Zidan - jahon va Evropa chempioni Zinedin Zidanning o'g'li. 2024 yildan beri u "Granada" sharafini himoya qilmoqda, 2014-2018 yillarda Frantsiyaning turli yoshdagi terma jamoalarida o'ynagan.