«Real»ning sobiq bosh murabbiyi, Frantsiya terma jamoasi tarkibida jahon va Evropa chempioni bo'lgan Zayniddin Zidan futbol tarixidagi eng kuchli jamoa sifatida Arrigo Sakki qo'l ostidagi «Milan»ni tanladi.

«Tarkibida Van Basten, Reykard, Gullit, Barezi va Maldini bo'lgan “Milan”. U jamoa juda ko'p o'yinlarda g'alaba qozongan. Sakki jamoasi haqiqatan ham hayratlanarli edi», — deydi Zidan "Sempre Milan" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Arrigo Sakki «Milan»ni 1987–1991 hamda 1996–1997 yillarda boshqargan. U klub bilan birgalikda Italiya chempioni, mamlakat Superkubogi sohibi, shuningdek, ikki karra Evropa chempionlar kubogi, Evropa Superkubogi va Interkontinental kubok g'olibi bo'lgan.

Manba: championat.com