Madridning "Real" klubi sobiq ustozi Zinedin Zidan Frantsiya terma jamoasining navbatdagi bosh murabbiyi bo'lishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko'ra, 53 yoshli mutaxassis terma jamoa boshqaruvidagi Dide Desham o'rnini egallashga faol tayyorgarlik ko'rmoqda. Ta'kidlanishicha, Zidan yaqin kelajakda jamoani qabul qilishga to'liq tayyor bo'lish uchun Frantsiya terma jamoasining so'nggi o'yinlarida ko'plab qaydlar qila boshlagan.

Bugun, 9 sentyabr kuni Desham shogirdlari JCh-2026 saralashining 2-turida Islandiyaga qarshi bahs olib boradi.