Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan matbuotda paydo bo'lgan ma'lumotlarga qaramay, Istanbulning "Fenerbaxche" klubida ishlamaydi.

Mundo Deportivo jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, frantsiyalik mutaxassis faoliyatini davom ettirishning bunday variantini ko'rib chiqmayapti. "Zizu" Frantsiya terma jamoasida ishlashni maqsad qilgan.

Zinedin "Real"da muvaffaqiyatli ishlagan. Frantsiyalik mutaxassis qo'l ostida "qirollik klubi" ketma-ket uch marta EChLda chempionlik unvonini qo'lga kiritdi, shuningdek, La Ligada oltin medallar sohibiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq portugaliyalik Joze Mourino "Fenerbaxche" boshqaruvidan iste'foga chiqarilgani ma'lum qilingandi.