Zidan: «Bu orzumning ro'yobga chiqishi. Klublardan takliflar bor edi, ammo shu ish uchun ularni rad etdim»

Zinedin Zidan Frantsiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangani haqida fikr bildirdi.
54 yoshli mutaxassis JCh-2030 gacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekib, terma jamoani boshqardi. U ushbu lavozimda Dide Deshamning o'rnini egalladi.
«So'zimni barcha o't o'chiruvchilarga qo'llab-quvvatlashimni bildirishdan boshlamoqchiman, hozirda ko'plab oilalar og'ir kunlarni boshidan kechirmoqda (Frantsiya va Ispaniyada o'rmon yong'inlariga qarshi kurash davom etmoqda, ikki mamlakatdan 300 000 dan ortiq kishi evakuatsiya qilingan).
Bildirilgan ishonch uchun rahmat aytmoqchiman, bugun ertalab suhbatlashganimiz ijroiya qo'mitaga va kundalik mehnati uchun Frantsiya futbol federatsiyasining barcha xodimlariga minnatdorchilik bildiraman.
Bugungi kun men uchun — orzuimning ro'yobga chiqishi. To'rt yoki besh yil davomida menda klublarni boshqarish bo'yicha takliflar bo'ldi, ammo Frantsiya terma jamoasi uchun ularni rad etdim. Bu men shug'ullanishni istagan yagona narsa edi. Buni bolaligimdan beri bilardim, yoshlar jamoasida boshlaganman va kattalar terma jamoasiga tushgunga qadar barcha bosqichlarni bosib o'tganman.
Ushbu jamoa g'alaba qozonishda davom etishi uchun bor kuchimni beraman, meni ruhlantiradigan yagona narsa shu», — dedi Zidan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar