"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan tez orada Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida futbolga qaytadi, deb xabar beradi El Nacional.

Manbaga ko'ra, Frantsiya futbol federatsiyasi u bilan printsipial kelishuvga erishgan.

Terma jamoaning amaldagi ustozi Dide Desham jamoa bilan 2026 yilda AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan jahon chempionati yakuniga qadar ishlaydi. Turnir yakunida u Zidanga yo'l berib, o'z lavozimini tark etadi.

Shuningdek, Zidan murabbiylik faoliyatidagi tanaffus vaqtida turli klublardan tushgan bir qancha takliflarni rad etgani, chunki uning faqat Frantsiya terma jamoasida ishlashga bel bog'lagani ma'lum qilingan.