Zidan: "Agar bu bo'lmasa, "Real"da uzoq muddat qolish qiyin"

Frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan murabbiylar "Real"da qanday muvaffaqiyatga erishishi haqida gapirib berdi.
"Real" murabbiylari har doim futbolchilar bilan birga bo'lishi kerak. Murabbiy futbolchilar yonida bo'lsa, muvaffaqiyat kaliti. Agar shunday bo'lmasa, u erda uzoq qololmaysan. O'yinchilarga doim yoningda ekanligingni ko'rsatishing kerak. Ularni qo'llab-quvvatlash va ishonch uyg'otish. Biz jamoada muvaffaqiyatga erishish uchun munosib sharoit yaratgan edik," - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Goal.
Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar" boshqaruvida Zidan rekord o'rnatdi. Frantsiyalik murabbiy qo'l ostida Madrid jamoasi ketma-ket uch marta Evropa Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi.