O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Ilyos Zeytullaev 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasi tarkibida bo'lishi o'yinga salbiy ta'sir ko'rsatayotganiga ishonadi.

«Krishtianuning nomi jamoaga ta'sir qiladi. Futbolchining o'zi buni tushunishi kerak. Ronalduning maydonda 90 daqiqa davomida bo'lishi – Portugaliya terma jamoasining asosiy muammosi», — deya Zeytullaevning so'zlarini keltiradi Metaratings.ru.

Mundial guruh bosqichidagi ilk uchrashuvda Portugaliya terma jamoasi sensatsion tarzda Kongo DR bilan durang (1:1) qayd etdi. Roberto Martines shogirdlari ushbu nufuzli turnirdagi navbatdagi bellashuvni O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Manba: Stadion.uz