Zeytullaev: «Agar terma jamoa JCh-2026 guruhidan chiqsa, bu buyuk yutuq bo'ladi, lekin mo''jiza emas»

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq a'zosi Ilyos Zeytullaev jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionati pley-offiga chiqish imkoniyatlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bundan 10 yil avval O'zbekistonning Jahon chempionati pley-offiga chiqishi mo''jiza sifatida qabul qilingan bo'lardi, ammo hozirda O'zbekiston terma jamoasi ancha saviyali jamoaga aylangan. Husanov «Manchester Siti»da o'ynayapti, Fayzullaevni rossiyaliklar TsSKA orqali yaxshi tanishadi va umuman olganda, O'zbekistonda futbol yangi bosqichga chiqdi. Agar Kannavaro terma jamoa o'yiniga Italiya futboli unsurlarini singdirishga ulgursa, bu ajoyib bo'ladi. Agar jamoa guruhdan chiqsa, bu buyuk yutuq bo'ladi, lekin mo''jiza emas», — dedi Zeytullaev.
O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o'yinini 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o'tkazadi.