Zaxiradan tushib mo''jiza yaratayotgan Deniz Undav Roje Millaning 36 yillik rekordini takrorladi

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Deniz Undav Jahon chempionati 2-turidan o'rin olgan Kot-d`Ivuarga qarshi uchrashuvda (2:1) dubl muallifiga aylandi.
Bu uning turnirdagi 2 va 3-gollari bo'ldi. Bundan avvalroq u Kyurasaoga qarshi kechgan bahsda (7:1) bitta gol va ikkita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan edi.
E'tiborli jihati shundaki, 29 yoshli forvard turnirdagi ikkala o'yinni ham zaxira o'rindig'ida boshladi: Kyurasao bilan bahsda u 64-daqiqada, Kot-d`Ivuar bilan uchrashuvda esa 60-daqiqada maydonga tushdi.
Bitta Jahon chempionati davomida zaxiradan maydonga tushib, bunchalik ko'p samarali harakat amalga oshirish faqatgina Kamerun terma jamoasi afsonasi Roje Millaning qo'lidan kelgan (1990 yilgi mundialda).
Shu tariqa, Undav ushbu Jahon chempionatida o'rtacha har 11 daqiqada bittadan golli vaziyatda ishtirok etmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar