Zanetti Ronaldo fenomeniga hurmat bajo keltirdi

Xaver Zanetti Ronaldoga qoyil qoldi.
"U men bilan birga o'ynaganlarning eng yaxshisi edi. Biz birga o'tkazgan mavsumlarda u o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi.
Uning mashg'ulotlarda qilgan ishlari barchani hayratda qoldirdi. U jamoaga quvonch keltirdi, uning mavjudligi ustunlik edi.
Shubhasiz, bu Moratti davridagi eng muhim transfer bo'lgan”, - dedi “Inter” vitse-prezidenti.