Milanning "Inter" klubi vitse-prezidenti Xaver Zanetti jamoa ustozi Kristian Kivuning murabbiylik qobiliyati haqida gapirdi.

Ruminiyalik mutaxassis iyun oyida "neradzurrilar"ga murabbiy etib tayinlangandi.

U Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga biroz oldinroq ketgan Simone Indzagi o'rnini egalladi.

"Biz birga o'ynadik, ko'plab ajoyib lahzalarni boshdan kechirdik. Kivu ajoyib jamoadosh edi. U yaxshi-yomon kunlarda yonimda bo'ladiganlardan biri.

U o'z taktik g'oyalarini futbolchilarga qanday etkazishni biladi, balki ularni ishtiyoq bilan ham amalda qo'llaydi.

U muvaffaqiyatli murabbiy bo'lishiga ishonaman", - deya Zanettining so'zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.