«Navbahor» safida yakunlangan mavsumda jamoa sharafini himoya qilgan futbolchilar orasidan etakchilarni kelasi mavsumda ham «lochinlar» tarkibida olib qolishga harakat qilinmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Timur Tohirovich Kapadze taqdim etgan short-list asosida jamoamiz safida sermahsullik ko'rsatib, yakunlangan mavsumda Superliga va O'zbekiston kubogi bahslarida jami 28 ta o'yinda maydonga tushib, 2929 daqiqa o'ynab, raqiblar darvozasiga 8 ta gol urib, 5 assistni amalga oshirgan Zabihillo O'rinboev bilan kelishuvga erishilib, u bilan tuzilgan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: @fcnavbahor