«Yuventus» yozda yulduzlarni tekinga qo'lga kiritmoqchi

OAV ma'lumotlariga ko'ra, «Yuventus» yozgi transfer oynasi uchun o'z maqsadlarini belgilab oldi.
Asosiy nomzod sifatida «Manchester Siti» a'zosi Bernardu Silva ko'rilmoqda. Yarim himoyachi yozda erkin agentga aylanadi. Shuningdek, Turin klubi «Barselona» hujumchisi Robert Levandovski va «Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goretska transferlarini ham ko'rib chiqmoqda. Ushbu futbolchilarning amaldagi shartnomalari ham yozda yakuniga etadi.
Mazkur ehtimoliy transferlar amalga oshishining asosiy sharti «Yuventus»ning A Seriyadagi natijasi bo'ladi. Agar turinliklar Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmasalar, bu kelishuvlarni amalga oshirish ancha qiyinlashadi. Yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilar Evropaning eng nufuzli klublar turnirida ishtirok etishni istashadi.