"Yuventus" yoshlar jamoasi 3 yil ichida transferlardan 200 million evro daromad keltirdi

S Seriyada ishtirok etayotgan "Yuventus"ning yoshlar jamoasi 3 yil ichida transferlardan 200 million evro daromad keltirdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
"Yuventus" A Seriya klublari orasida birinchi bo'lib quyi ligalarda o'ynaydigan jamoa tuzdi. "Yuventus U23" o'z faoliyatini 2018 yilda boshlagan va 4 yildan so'ng "Yuventus Next Gen" (inglizcha next generation - "keyingi avlod" so'zidan qisqartirilgan) deb o'zgartirilgan.
Bu jamoadan bir qator taniqli futbolchilar, jumladan, hozirda "Real"da o'ynayotgan Din Xyoysen, "Roma"ga 30 million evroga tushgan Matias Soule, 20 million evaziga "Milan" futbolchisiga aylangan Koni De Vinter kabi futbolchilar etishib chiqqan.