"Yuventus" Yildiz uchun APL grandidan 100 million evro so'radi

Londonning «Chelsi» klubi «Yuventus» vingeri Kenan Yildizga jiddiy qiziqmoqda, deb xabar bermoqda Fichajes.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, turinliklar 20 yoshli turk futbolchisi uchun 100 million evro so'ramoqda.
Avvalroq «Yuventus» Yildiz bilan shartnomani 2030 yil yozigacha uzaytirish niyatida ekanini bildirgan. Hozirgi kelishuv 2029 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Klub va futbolchi shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirishga tayyorligini bildirishgan.
Ma'lumot uchun, 2024/25 yilgi mavsumda Yildiz 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning transfer bahosini 50 million evro etib belgilagan.