"Yuventus" yarim himoyachisi jamoadagi kelajagi bo'yicha bayonot berdi

Turinning "Yuventus" klubi amerikalik yarim himoyachisi Ueston Makkenni jamoada qolishga umid qilayotganini, ammo klub bilan yangi shartnoma taqdiri uning agentlari qo'lida ekanini aytdi.
Uning so'zlariga ko'ra, u Luchano Spalletti qo'l ostida "Yuventus"da baxtli, futbolchi uni ajoyib murabbiy deb atadi.
"Yuventus"da qolishga umid qilaman. Ammo vaziyatni agentlarimga topshirdim. Men bu erda Spalletti bilan baxtliman, u ajoyib murabbiy," - deya Makkenining so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.
27 yoshli futbolchining amaldagi kelishuvi 2026 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Uning bozor qiymati 22 mln evroni tashkil etadi.