«Yuventus» Xolmni ijaraga oldi

Emil Xolm "Yuventus"ga o'tdi.
Turinliklar Shvetsiya terma jamoasi himoyachisini "Bolonya"dan ijaraga olganini e'lon qildi. Futbolchini 15 mln evroga sotib olish imkoniyati mavjud va agar ma'lum shartlar bajarilsa, summa ko'pi bilan yana 3 mln ga oshishi mumkin.
Xolm bu mavsum A Seriyada 11ta o'yinda maydonga tushdi va 4ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Bolonya"dan oldin u Italiyaning "Spetsiya" va "Atalanta" klublarida o'ynagan.